2019 yil 1 martda birinchi BIZNES AZIYA filiali ochildi. Filial ochilishidan oldin mahsulotlarni tarqatish dilerlar orqali amalga oshirilgan, ammo 2019 yilning birinchi yarmidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri tarqatish Samarqand shahrida amalga oshirila boshlandi. Savdo jamoasi barcha savdo kanallari bilan: chakana savdo do’konlari, ulgurji do’konlar, tarmoqli va tarmoqsiz supermarketlar, shuningdek market va bozorlar bilan ishlaydi.
Qisqa vaqt ichida Samarqand filiali yaxshi natijalarni ko’rsatdi va respublika bo’ylab filiallar tizimiga o’tishga qaror qilindi.
Kompaniyamiz tomonidan sotiladigan umumiy brendlardan tashqari, Samarqand filiali o’z hududida Heinz (konservalangan mahsulotlar va souslar), Mr. Rikko (souslar), Matti va Uvelka (don mahsulotlari) kabi mashhur brendlar bilan ham ish yuritadi.