Bugungi kunda butun mamlakatimiz aholisining e’tibori yana bir sinov – Sardoba tumanidagi tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etishga, suv toshqinidan aziyat chekkan yurtdoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatishga, ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
“BIZNES AZIYA” jamoasi tomonidan tashkil etilgan avtokarvon to‘g‘on o‘pirilishidan, suv toshqiniidan aziyat chekayotganlarga moddiy yordam jo’natdi. Avtokarvonda guruch, mosh, grechka, un mahsulotlari kabi 12 turdagi 280 million so‘mlik oziq–ovqatlar va ro‘zg‘or buyumlari mavjud.
Sirdayoliklarga sabr tilab qolamiz, biz siz bilan!