2020 yilning birinchi yarmi ko’plab fuqarolarimiz uchun og’ir davr bo’ldi. Dunyoni koronovirus pandemiyasi qamrab oldi va u bizning respublikamizga ham yetib keldi, shuning uchun odamlar odatiy turmush tarzlarini o’zgartirishlariga, yangi sharoitlarga moslashishlariga va eng muhimi o’zlarining sog’lig’i va yaqinlarining sog’lig’ini himoya qilishlariga to’g’ri kelyapti.
Afsuski, ba’zi vatandoshlarimizga omad kam kulib boqdi va ularning ko’pchiligi boshqa fuqarolar va davlat tomonidan ko’mak olishlariga to’g’ri keldi.
BIZNES AZIYA tashkiloti ushbu qiyin damlarda betaraf bo’lib qololmadi, shu tufayli yordamga muhtoj insonlar uchun xayriya aktsiyasini o’tkazishga qaror qilindi.
Kompaniyamizdan zarur oziq-ovqat mahsulotlari ajratilib, ular qutilarga joylanib, moddiy yordamga muhtoj bo’lib qolgan oilalarga, nafaqaxo’rlar va yordamga muhtoj bo’lgan boshqa fuqarolarga yuborildi. Biz 200 dan ortiq oilalarga zaruriy mahsulotlar va samimiy qo’llab-quvvatlash so’zlari bilan yordam bera oldik.
Umid qilamizki, yaqin kelajakda barchasi odatiy tarziga qaytadi va biz obod mamlakatimiz ko’chalarida hayot jo’shqinini yana ko’ramiz. O’zingizni va sog’lig’ingizni asrang!