Sizning ishonchli hamkor
BIZNES AZIYA – biznesning turli sohalariga ega bo‘lgan ko‘p qirrali kompaniyalar guruhi: xalq iste’mol tovarlarining distribusiyasi, metall distribusiyasi (taqsimlash), transport logistikasi va to‘qimachilik mahsulotlari.
BIZNES AZIYA tarixi 2010 yilda FMCG sohasida distrib’yutorlik yo‘nalishi ochilishidan boshlangan. Faoliyati davomida kompaniya o‘z hamkorlari bilan ishonchli va mustahkam aloqalarni o‘rnatdi, O‘zbekiston bozorini iste’molchining kundalik ehtiyojiga mos keladigan yangi va yuqori sifatli mahsulotlar bilan boyitdi.
2010 yildan boshlab kundalik tovarlarga talab bilan parallel ravishda, biznesda metall distribusiyasi kabi yo‘nalish ish boshladi. Respublikamizda qurilish sohasi faol rivojlanmoqda, bu esa yuqori sifatli metall mahsulotlarini yetkazib berish zarurati mavjudligini anglatadi. O‘zining faoliyati davomida BIZNES AZIYA yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan ko‘plab yetkazib berish shartnomalarini imzoladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab sanoat korxonalari BIZNES AZIYA kompaniyasiga hamkorlik qiladilar va unga ishonadilar.
2012 yilda BIZNES AZIYA to‘liq siklli logistik yo‘nalishni yo‘lga qo‘ydi. O‘z transport parkiga ega bo‘lib, yuklarni MDH va Yevropa mamlakatlariga xavfsiz va o‘z vaqtida yetkazib berishni amalga oshiradi.